logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyani faqat bir marta mag'lub etgan

 28 DEKABR, 13:10 178

.

O'zbekiston terma jamoasi 2019 yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olgan.

O'FA sayti Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'yinlar statistikasini taqdim qildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10ta o'yin o'tkazgan. Shulardan 1ta o'yinda g'alaba qozongan, 3ta o'yin durang bilan tugagan, 6ta o'yinda yutqazgan, to'plar nisbati 9-28.

Tarixdagi yagona g'alabani 2012 yil 29 fevral kuni qo'lga kiritganmiz. O'shanda Aleksandr Shadrin tomonidan urilgan gol vakillarimizga g'alaba taqdim qilgandi.

11.09.1996 Yaponiya - O'zbekiston 1:0

09.12.1996 Yaponiya - O'zbekiston 4:0

07.09.1997 Yaponiya - O'zbekiston 6:3

11.10.1997 O'zbekiston - Yaponiya 1:1

17.10.2000 Yaponiya - O'zbekiston 8:1

15.10.2008 Yaponiya - O'zbekiston 1:1

06.06.2009 O'zbekiston - Yaponiya 0:1

06.09.2011 O'zbekiston - Yaponiya 1:1

29.02.2012 Yaponiya - O'zbekiston 0:1

31.03.2015 Yaponiya - O'zbekiston 5:1

Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o'rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog'onani egallab turibdi. «Ko'k samuraylar» Osiyo Kuboklarida hammadan ko'p jami 4 marta g'alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41ta o'yin o'tkazishgan. Shulardan 24tasida g'alaba qozonib, 12ta o'yinda durang qayd etishgan va atigi 5ta o'yinda mag'lub bo'lishgan.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 5
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR