logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:39
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
Modrich «Real» taklifini rad etdi, buning sababi malum

 28 DEKABR, 13:08 365

.

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich klubning shartnomani uzaytirish borasidagi birinchi taklifiga rad javobini berdi, deb xabar bermoqda Telemadrid.

Xorvatiyalik xavbekning amaldagi bitimi 2020 yil yozigacha mo'ljallangan. O'tgan yozda unga «Inter»dan jiddiy qiziqish bo'lgan, ammo, manbaga ko'ra, Luka «qaymoqranglilar» bilan yanada manfaatli yangi bitim imzolashni ko'zlab, Madridda qolgan.

Xabar berilishicha, Modrich shu yilning o'zida ko'plab shaxsiy sovrinlarga ega bo'lgani, xususan UEFA tomonidan Evropada 2017/18 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topilgani, FIFAning «Yil futbolchisi» va France Football tasnifidagi «Oltin to'p»ni qo'lga kiritganini hisobga olib, «Real»da kamida Serxio Ramosning maoshi darajasida haq olishni istamoqda.

Shu bilan birga, 33 yoshli JCh finalchisi 2020 yilgacha mo'ljallangan joriy shartnoma muddatini uzaytirmoqchi emas, bitimni yangilash orqali faqat maoshi oshirilishiga erishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, shu hafta Modrich karerasini aynan «Real»da yakunlashni istayotgani haqida aytgan edi. Kecha esa navbatdagi shaxsiy sovrinini qo'lga kiritdi – Bolqon yarimorolida yilning eng yaxshi sportchisi bo'ldi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 33