logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Chelsi»ni tark etgan futbolchilar ramziy jamoasi

 30 IYUL, 2023, 23:55

«Chelsi» ko'plab yulduzlari bilan xayrlashmoqda.

Allaqachon klubga o'n millionlarga tushgan yulduzlar jamoani tark etib ulgurdi. Sotilgan futbolchilar rahbariyat uchun 323 millionga tushgan edi. Quyida ulardan tuzilgan ajoyib ramziy jamoani havola etamiz.

Darvozabon: Eduar Mendi

2022-23 yilgi mavsum «Chelsi»ga o'ta og'ir keldi. Shuningdek, Eduar Mendiga ham. Ammo u o'z cho'qqisida butun dunyoni lol qoldira olgandi. 2020 yilning sentyabrida Mendi jamoaga qo'shib olinadi. 2021 yilda u EChL g'olibi bo'ladi. Afsuski, Mendini Evropada bosh­qa ko'rmaymiz. Negaki, u «Al-Ahli» bilan yiligi 10 million funtlik shartnomaga imzo chekkan.

Markaziy himoyachi: Sesar Aspilikueta

Jamoaga 11 yillik xizmatlaridan keyin, Aspi ketishga qaror qildi. O'z vaqtida ispaniyalik himoyachi APLning eng zo'ri edi. Uni muxlislar sog'inishi aniq. 33 yoshli futbolchi 2012 yilda 7 million funt evaziga xarid qilinadi. Aytish mumkinki, Aspilikueta o'ziga sarflangan pullarni to'liq oqlay oldi. Endi uning yangi manzili «Ateltiko» bo'ladi.

Markaziy himoyachi: Kalidu Kulibali

Aspilikueta haqida aytilgan gaplarni Kulibaliga ham ishlata olmaymiz. Himoyachi o'tgan yozda «Napoli»dan 33 million funt evaziga sotib olinadi. U «Al-Hilol»ga 20 millionga sotib yuborildi. «Chelsi» esa bu xariddan hech qanday foyda ko'rmagan edi.

O'ng qanot himoya: Dyujon Sterling

Sterling 2017 yilda jamoada debyutini o'tkazadi. O'sha paytda murabbiylar uni yorqin kelajak kutayotganini aytadi. Yosh himoyachi orada to'rt mavsum ijarada yurdi. «Chelsi» asosiy tarkibiga kira olmagach, 23 yoshli futbolchi «Reynjers»ga sotib yuborildi.

Chap qanot himoya: Abdul-Rahmon Baba

Gana terma jamoasi a'zosi «Chelsi»da 8 yilni birga o'tkazdi. Shu davr mobaynida Rahmonga faqat 23 marta maydonga tushish imkoniyati berildi xolos. 2015 yilda himoya­chi 22 million funtga xarid qilinadi. Bosh­qalar singari, Rahmon ham vaqtini asosan ijaralarda o'tkazdi. U yaqindagina «PAOK» safiga yo'l olgandi.

Yarim himoyachi: Temue Bakayoko

Bakayoko «Monako»ning gullab-yashnagan, 2016-17 yilgi mavsumida jamoa bilan birga edi. U Kilian Mbappe, Bernardu Silva, Fabino va Joau Moutinolar bilan bir jamoada harakat qilgan. Afsuski, yarim himoyachi boshqa sheriklari kabi omadli emasdi. «Chelsi» uni 40 million funtga sotib oladi. Bu pullar esa o'zini oqlamadi.

Yarim himoyachi: Mateo Kovachich

Kovachich haqida uning sobiq murabbiyi Tomas Tuxel shunday deydi: «Odamlarga ochiq, xushchaqchaq va samimiy yigit. Uni hammamiz yaxshi ko'ramiz. Men Kovachichni «Real»dagi davridan beri kuzatib kelaman. Uning iste'dodiga tan berganman». Xorvatiya terma jamoasi a'zosi yaqindagina «Manchester Siti»ga ko'chishni amalga oshirgan edi.

Yarim himoyachi: N~Golo Kante

Uni shunchaki yaxshi ko'rish kerak. Kante «Chelsi» uchun nima yaxshi bo'lsa, hammasini qildi. Ta'riflash uchun uning birgina «Lester»dagi ishlarini eslash kifoya. «Chelsi»da esa bu narsa qaytarilgandi.

O'ng qanot hujum: Kristian Pulishich

2019 yilda 58 million funtga sotib olingan hujumchi, bor-yo'g'i 20 million evaziga sotildi. «Milan» AQSh terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma tuzdi. Hamma Pulishichning bu ko'chishini omadli bo'ladi deb hisoblamoqda. Ketish har ikki tomon va futbolchining o'ziga ham yaxshilik keltirdi. Biz ham Pulishichga Italiyadagi sarguzashtlarida omad tilaymiz.

Chap qanot hujum: Meyson Maunt

Bu sotuv hali ham jamoa muxlislarini xafa qilmoqda. Maunt «Chelsi» uchun 195ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 37ta assist qayd etgan. Ketishi haqida futbolchining o'zi shunday deydi: «Bilaman, bundan xurand bo'lmaysizlar. Ammo hozir shunday qilishim kerak». Maunt evaziga «MYu» 60 million funt to'lab beradigan bo'ldi.

Hujumchi: Kay Xaverts

«Chelsi» muxlislari Xavertsdan EChL finalida gol urgani uchun bir umr minnatdor bo'ladi. Afsuski, futbolchi oxirgi paytlarda qiynaldi. Klub uni sotishi kerak edi. «Arsenal»dan yaxshi taklif keldi. 2020 yilda 71 million funtga olingan Xaverts, 65 millionga qayta sotildi. Germaniya terma jamoasi a'zosi esa APLdagi faoliyatini davom ettiradi.

A.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR