logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mbappega APLdan yana bir grand jamoa taklif tayyorlayapti

 30 IYUL, 2023, 23:11

"PSJ" Kilian Mbappeni bir yildan so'ng tekinga yo'qotmoqchi emas, shu bois klub u shartnomani uzaytirishdan bosh tortgach, futbolchiga bosim o'tkaza boshladi. Xullas, 24 yoshli forvard jamoa bilan Yaponiya safariga chiqmadi.

Kuni kecha matbuotda Mbappe "Al-Hilol"ga o'tish variantidan bosh tortgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.

Endi mish-mishlar frantsiyalik futbolchini Premer-liga klublari bilan bog'lamoqda. Daily Record xabariga ko'ra, "Chelsi" Mbappeni qo'lga kiritishga harakat qiladi. Londonliklar ushbu shartnomaga bir futbolchisini taklif qilmoqchi.

Avvalroq Kilianga "Liverpul" qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edik.

Qayd etilishicha, "Chelsi" egasi Todd Boeli “PSJ” prezidenti Nosir al-Xelayfi bilan Kilian Mbappeni transfer qilish imkoniyatini allaqachon muhokama qilgan va yordam olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR