logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Joze Mourino 2014 yilda yulduz bo'ladi deb bashorat qilgan futbolchilarning taqdiri ne kechgandi?

 30 IYUL, 2023, 20:55

Mourino o'zining "Chelsi"dagi ikkinchi davrida klub akademiyasidan uchta futbolchini alohida ta'kidlab ko'rsatadi va ularni yulduz bo'ladi deb bashorat qiladi. U bu borada 2014 yilning yozgi mavsumoldi bahslarida shunday deydi: "Mening yuragim sezib turibdiki, Beyker, Braun va Solanke kelayotgan bir necha yil ichida fantastik futbolchilar bo'lib etishadi. Agar shunday bo'lmasa, o'zimni ayblagan bo'lardim. Ular nafaqat "Chelsi"da, balki Angliyada ham porlaydi". Quyida ularning asl taqdirini bilib olasiz.

Lyuis Beyker

Beyker "Chelsi"dagi debyutini Joze Mourino qo'l-ostida, 2014 yilning yanvarida o'tkazadi. U o'sha yili akademiyada yil o'yinchisi deb topiladi. Qolaversa, futbolchi yilning eng chiroyli goliga mualliflik qilgandi. Yarim himoyachi 2015 yilning fevralida "MK Dons" klubiga ijaraga beriladi. Keyinchalik Beykerning taqdiri Niderlandiya bilan bog'landi. Yosh futbolchi ikki mavsum "Vitess"da harakat qildi. Angliyaga qaytgan Beyker, yana ijaraga ketdi. Bu davr u uchun "Midlsbro", "Lids" va "Reding" safida kechdi. Beyker 2020-21 yilgi mavsumda "Trabzonspor" klubiga ijaraga beriladi. 2022 yilning yanvar oyida, vanihoyat, 26 yoshli Beyker "Stok Siti" bilan doimiy shartnomaga erishadi. Futbolchi shundan buyon Chempionship klubida jami 69 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qildi.

Ayzaya Braun

Braun 16 yoshidayoq "Vest Brom"ga qarshi APL bahsida maydonga tushiriladi. U 2013 yilning yozida akademiyaga olib kelingan. Mourino esa uni 2015 yilda asosiy tarkibda maydonga tushirgandi. Garchand 1 ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa ham, 2015 yilgi chempionlikda Braunga ham oltin medal nasib etadi. Yarim himoyachi 2015-16 yilgi mavsumda "Vitess"ga ijaraga beriladi. Braun 2016-17 yilgi mavsumda "Xaddersfild Taun"ni APLga qaytishida katta hissa qo'shadi. Keyingi mavsumda Angliya yoshlar terma jamoasi a'zosi, "Brayton" safida harakat qila boshladi. Biroq, tizzasidan jiddiy jarohat olgani sababli, Braunning faoliyati orqaga ketdi. Keyingi mavsumlar futbolchi uchun yana Chempionshipda, "Luton Taun" va "Lids Yunayted"da kechdi. 2020-21 yilgi mavsumda Braun so'nggi bor ijaraga yuboriladi. U o'sha davrni "Sheffild Uensdey"da o'tkazdi. 2021 yilning yozida Braun "Preston"ga sotib yuboriladi. Afsuski, aprel oyida 26 yoshli Braun futboldan ketganini ma'lum qildi. Futbolchi tizza va to'pig'idan olgan jarohatlaridan qayta tiklana olmagandi.

Dominik Solanke

2014-15 yilgi mavsumda Solanke "Chelsi"ning yoshlar jamoasida 31 ta golga mualliflik qiladi. Hujumchi o'shanda akademiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Mourino 2015 yilda unga EChLda debyut qilish imkonini beradi. 2015-16 yilgi mavsumda Solanke "Vitess"da ijarada harakat qilib, 7 ta golga mualliflik qiladi. 2016-17 yilgi mavsumda futbolchi va "Chelsi" rahbariyati o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi va u jamoadan ketadi. Uni "Liverpul" taklif qiladi. 2017 yilgi 20 yoshlilar o'rtasidagi mundial Angliya chempionligi bilan tugaydi. O'sha turnirning eng yaxshi futbolchisi va to'purari aynan Solanke bo'lgandi. Beyker va Braundan farqli ravishda, Solanke 2017 yilning noyabrida Angliya terma jamoasida Braziliyaga qarshi bahsda debyut qiladi. Afsuski, hujumchining "Liverpul"dagi davri yaxshi o'tmadi va 2019 yilda "Bornmut"ga 19 million funt evaziga sotib yuboriladi. Chempionshipda Solanke fantastik darajaga chiqdi. O'zining jamoadagi ikkinchi mavsumida, Solanke 29 ta gol bilan "Bornmut"ni APLga olib chiqadi. U o'tgan masvumda APLda 6 ta gol urishga erishgandi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR