logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gvardiol uchun kurashga APLdan yana uchta nomzod qo'shildi

 30 IYUL, 2023, 20:22

"RB Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol yozgi transfer oynasida grand klubga ketishi mumkin.

So'nggi paytlarda 21 yoshli xorvatni matbuotda "Manchester Siti" bilan faol bog'lashmoqda. Angliya premer-ligasining uchta giganti “shaharliklar” bilan raqobatlashishga tayyor. Fichajes'ning yozishicha, Gvardiolning transferi bo'yicha "Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" taklif bilan chiqqan.

Nufuzli transfermarkt portali Yoshko Gvardiolni 75 million evroga baholagan. Oldinroq xorvatiyalik futbolchining "Manchester Siti"ga transferi himoya chizig'i futbolchilari uchun rekord xarajat bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR