logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:33
KirishA'zo bo'lish
Milandagi mojaro tufayli A Seriya o'yinlari to'xtatilmaydi

27 DEKABR, 20:40 217

.

Italiya futbol federaTsiyasi (IFF) 26 dekabr kuni o'tkazilgan «Inter» – «Napoli» (1:0) o'yini bilan bog'liq mojarolar tufayli A Seriya o'yinlarini to'xtatmaydi.

O'yindan oldin neapollik muxlislarning 4 nafari pichoqlashish bilan tugagan mushtlashuvda jarohat olgan, milanliklar muxlisi esa avtomobil urib yuborganidan so'ng, shifoxonada vafot etgan edi.

O'yin paytida «Inter» fanatlari «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali shaniga irqiy kamsituvchi qichqiriqlarni yog'dirishgandi.

«Shanba kuni futbol bo'ladi. O'yinlar rejaga ko'ra o'tkaziladi. A Seriya to'xtatilmaydi», – deb IFF rahbari Gabriele Gravina so'zlarini keltirmoqda Football Italia.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21