logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:58
KirishA'zo bo'lish
«Golden Boy» sovrinining omadsiz g‘oliblari

27 DEKABR, 18:19 333

.

Har yili mavsumninig eng zo‘r yosh futbolchisi uchun beriladigan «Golden Boy» sovrini g‘oliblari (Messi,Runiy,Aguero,Pogba,) hozir dunyoni hayratga solishda davom etishmoqda, lekin shunday o‘yinchilar borki ular bu sovrindan so‘ng, o‘z kariyerasida deyarli hech qanday yutuqqa erisha olishmagan. Bugun shunday futbolchilar haqida qisqacha…

Rafael Van Der Vart

Gollandiyalik vunderkind «Ayaks» jamoasidagiajoyib o‘yinlaridan so‘ng 2003- yilda «Golden boy» sovrini g‘olibiga aylanadi. Uning atrofida bir nechta top klublar o‘ralashib qoladi. Rafael esa hammani hayratda qoldirib «Gamburg» jamoasiga o‘tib ketadi. Oradan ikki yil o‘tib u «qirollik»klubi safiga qo‘shiladi.«Real Madrid»dagi omadsiz mavsumlardan so‘ng futbolchi «Tottenham» jamoasiga transfer qilinadi va shu yerda biroz o‘zini korsatgandek bo‘ladi. Afsuski, uning potensiyali bundan ancha ko‘proqqa yetar edi.U katta futbolda «katta»sovrinlar yuta olmadi.

Anderson

«Manchester Yunayted» futbolchisi «Golden Boy» sovrinining 2008-yildagi sohibi hisoblanadi. Uni yangi Ronaldiniyo deya umid qilishgandi. Anderson uchun Fergi bobo 31.500 million yevroni «Portu» hisob raqamiga o‘tkazib beradi. Afsuski, bu transfer o‘zini umuman oqlamadi. Anderson ortiqcha vazn muammosi bilan o‘ralashib qoladi va buni bartaraf eta olmaydi. «Qizil iblislar» safida 8 mavsum o‘tkazgach, yurtiga qaytib ketadi. Eng achinarlisi shundaki, hozirda u Braziliyaninig 2- ligasida to‘p surmoqda

Renato Sanches

Renato Sanches «Benfika» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U chinakamiga 2016-yildagi Yevropa chempionatida o‘zini ko‘rsata oldi. Bundan tashqari u «Benfika» bilan ajoyib mavsumni o‘tkazgan edi. Renato haqli ravishda 2016-yilda «Golden Boy» sovrini g‘olibi bo‘ladi. Keyin esa uni «Bavariya» 35 million yevroga harid qiladi. Afsuski, Sanches jamoaga ko‘nikib keta olmaydi. Yoshligi sababmi, yo boshqa omillar ta’sirida «Bavariya»da yo‘qolib qoladi. Keyinchalik esa «Suonsi» jamoasiga ijaraga jo‘natilishi ham unga hech qanday yordam bermaydi. Hozirda Renato allaqachon grand klublar e’tiboridan tashqarida.

Mario Balotelli

«Golden boy» sovrinining 2010-yildagi g‘olibi hammamizga yaxshi tanish desak, adashmagan bo‘lamiz. Bu yigitni hurmacha qiliqlarini hammamiz yaxshi bilamiz. U «Tilla bola» sovrinini yutgan paytlari haqiqatan ham juda iqtidorli edi. Termadagi o‘yinlari ham joyida ketayotgandi. Undan talab qilinayotgan narsa shunchaki shu tempni ushlab qolish edi. Afsuski, 21 asrninig eng iqtidorli futbolchilaridan biri o‘z iqtidorini qurbon qilib yubordi. Hozirda «Nitsa» jamoasida to‘p tepayotgan qahramonimiz hademay 29 yoshga to‘ladi. Agar o‘z harakterini yenga olganida hammasi boshqacha bo‘larmidi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25