logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:08
KirishA'zo bo'lish
Messi nega jarima zarbasini penaltidan yaxshiroq tepishini aytdi

27 DEKABR, 18:14 314

.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning mashhur sport gazteasi «Marca»ga intervyu berdi. Unda ko'plab savollarga javob bergan Leo nima uchun jarima zarbalarini penaltidan yaxshiroq tepishi haqida ham aytib o'tdi.

– Leo, siz jarima zarbalari vaqtida to'pni nuqtaga qo'ysangiz, ko'pchilik hozir gol bo'ladi deb turadi. Lekin penaltilarda unday emas… Bu ikki standart siz uchun qanchalik farqli?

– Bilasizmi, jarima zarbasida siz uchun kerakli masofa bo'ladi va eng asosiysi, bu albatta gol urish kerak bo'lgan standart emas. Bu esa o'z-o'zidan bosimni kamaytiradi. Penaltida esa sizdan faqat gol urish talab qilinadi. Bunda bosim katta.

– Penalti tepish mahorati ustida ishlashingiz kerakligini aytgandingiz. Bu uchun nima qilasiz?

– Ko'proq shug'ullanish va har xil videolarda darvozabonlarning harakatlarini kuzatish kerak, deydi Messi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 32