logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:06
KirishA'zo bo'lish
Saloh diskvalifikatsiyadan qutulib qoldi

27 DEKABR, 18:11 175

.

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh APLning navbatdagi ikki turidan chetlatilmaydigan bo'ldi.

26 yoshli hujumchi kecha «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahsning (4:0) birinchi bo'limi oxirida penalti ishlab olgan va uni o'zi muvaffaqiyatli ijro etgan edi. Bu vaziyatda u gazonga yiqilib tushib, mehmonlar himoyachisi Pol Dammett qo'l harakati bilan unga nisbatan qo'pollik ishlatganiga hakamni ishontira olgandi.

Malum bo'lishicha, Angliya futbol assoTsiaTsiyasi ushbu epizodda futbolchilar kontaktda bo'lgani fakti bois hujumchini jazosiz qoldirishga qaror qilgan.

Ayni paytda, Manchester Evening News nashriga ko'ra, sobiq hakam Mark Halsi misrlik futbolchining harakati hakamni aldashga urinish sifatida baholanishi kerak, deb hisoblamoqda. Chunki, mutaxassisga ko'ra, o'tgan mavsumda xuddi shunga o'xshash harakati uchun Umar Nyasse va Manuel Lansini kabi futbolchilar ikkita o'yinga diskvalifikaTsiya qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, «Liverpul» keyingi turlarni yuqori beshlik jamoalariga qarshi o'tkazadi. Jamoa dastlab 29 dekabr kuni o'z uyida «Arsenal»ni qabul qilsa, 3 yanvarda «Manchester Siti» maydoniga safar qiladi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 30