logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:47
KirishA'zo bo'lish
Foto: O'zbekiston terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo'lib o'tdi

27 DEKABR, 16:58 210

.

Bugun, 27 dekabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi binosida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifov, shuningdek, O'FA mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Yig'ilganlarga milliy terma jamoa uchun Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan yangi formalar namoyish qilindi.

.

«O'zbekiston futbol assoTsiaTsiyasi terma jamoamizga libos etkazib beruvchi bir qator kompaniyalar bilan muzokara o'tkazib, yakunda Germaniyaning Jako kompaniyasibilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor. Bu kompaniya biz uchun manfaatli bo'lgan shartlar asosida bizga liboslarni taqdim qilmoqda. Milliy terma jamoamiz azolariga116 xil libos va aksessuarlarbepultaqdim qilinsa, qolgan terma jamoalarga 50 foizli chegirma asosida formalar etkazib beriladi», – degan Arifovning so'zlarini keltirmoqda O'FA matbuot xizmati.

Arifovning takidicha, etkazib berilayotgan liboslar ichida har qanday ob-havo sharoitida to'p surishga mo'ljallangan libos va aksessuarlar mavjud.

.

«Jako kompaniyasi bilan3 yillik shartnomaimzolangan bo'lib, Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta ko'rib chiqiladi», - degan O'FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi 5 yanvardan start oladi. Unda O'zbekiston ilk o'yinini 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi Sharja shahrida o'tkazadi.

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 2011 va 2015 yilgi Osiyo kuboklarida Ispaniyaning JOMA kompaniyasi tomonidan etkazib berilgan liboslarda to'p surgan.

.

.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25