logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:09
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Ronaldu irqchilikka duch kelgan Kulibalini qo'llab-quvvatlashini bildirdi

 27 DEKABR, 16:55 240

.

Kecha A Seriyadagi «Inter» – «Napoli» uchrashuvida (1:0) futboldagi og'riqli holatlardan biri – irqchilik muammosi yana bir bor o'zini ko'rsatdi.

Deyarli butun o'yin mobaynida mehmonlarning senegallik himoyachisi Kalidu Kulibali muxlislarning irqchilik ruhidagi kamsitishlari ostida to'p surdi. Tribunalardan maymunga taqlid xayqiriqlar yangrab turdi. U 80-daqiqada raqib jamoa yarimhimoyachisi Matteo Poltinoga nisbatan qoidani buzgach, folni qayd etib hushtak chalgan bosh hakam Paolo Matstsolenini olqishladi va bu harakati uchun qizil kartochkaga loyiq topildi.

Kulibali nima sabab bilan hakamdan norozi bo'lganini o'yindan keyin neapolliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti quyidagicha tushuntirdi.

«Bu normal o'yin muhiti emasdi. Biz o'yinni to'xtatishni so'rab hakamga uch marta murojaat qildik. Stadion suxandoni uch marta elon qildi.

Kulibalini ochiqchasiga jahlini chiqarishdi. Odatda u bosiq va professional tarzda ish tutadi. Biz uch marta qandaydir chora ko'rishni so'radik, lekin o'yin davom etaverdi.

Bizga o'yin to'xtatilishi mumkin, deb aytishgandi, lekin qachon? Stadion bo'ylab to'rtinchi yoki beshinchi ogohlantirish elonidan keyinmi? Keyingi safar, ehtimol, vaziyatni o'z qo'limizga olib, maydonni tark etishimizga to'g'ri keladi. Bizga texnik mag'lubiyat yozishadi, ammo bunga tayyormiz. Bunday bo'lishi italyan futboli uchun yaxshi emas», - dedi Anchelotti.

Kulibalining o'zi tvitterdagi sahifasida shunday deb yozdi: « Mag'lubiyatdan, undan ham ko'proq aka-ukalarimni tashlab chiqib ketganimdan afsusdaman. Ammo men terimning rangidan, franTsiyalik, senegallik va neapollik ekanimdan faxrlanaman».[c]
Ushbu holat A Seriya yulduzi Krishtianu Ronalduning ham etiborini tortdi. U Instagram sahifasida vaziyatga munosabat bildirdi.

[c]«Jahonda va futbolda talim, hurmat kerak. Irqchilikka, haqorat va diskriminaTsiyaning har qanday ko'rinishlariga yo'q deymiz», – deb yozdi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Kulibalining chetlatilishi 18-turning markaziy o'yini natijasiga tasir etmay qolmadi. Milanliklar 90+1-daqiqada gol urib, g'alabani ilib ketishdi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR