logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:19
KirishA'zo bo'lish
Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishi ehtimoliga munosabat bildirdi

27 DEKABR, 15:10 278

.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «PSJ» azosi Neymarning Kataloniya klubiga qaytishi borasidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.

«Neymarning «PSJ»dan ketishi menga qiyin masaladek ko'rinmoqda. Uning futbolchi sifatidagi statusi va o'yinchilar orasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, klubimizga qaytishidan xursand bo'lardik. U bilan ko'plab ajoyib va noxush damlarda birga bo'lib, do'stga aylanganmiz.

Shunday bo'lsa-da, «PSJ» Neymarning jamoadan ketishiga qo'yib bermasa kerak», – degan Messidan iqtibos keltirdi Marca.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik hujumchi 2013-2017 yillarda «Barsa» sharafini himoya qilgan, o'tgan yilning yozida «PSJ»ga rekord qiymatda – 222 mln evro evaziga ko'chib o'tgandi.

So'nggi vaqtlarda Neymarning «Barselona»ga qaytishni istayotgani haqida bot-bot xabar berib kelinmoqda. O'tgan yozda unga «Real» ham qiziqish bildirgani aytilgan, ammo klubalr bu malumotni rad etishgandi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 16