logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:51
KirishA'zo bo'lish
«Barselona»ga rad javobini bergan yuluzlar

27 DEKABR, 13:12 376

.

Kataloniya super klubi o‘zining topqirligi va omadli transferlari bilan ko‘pchilikni hayron qoldirishda davom etmoqda, lekin yaqin o‘tmishda bir nechta futbolchilarni qo‘lga kiritish ularning ham qo‘lidan kelmagan ekan. Hozir shular haqida...

Frank Riberi

Fransiyalik hujumkor yarim himoyachi «Bavariya»dagi ikkita ajoyib mavsumdan so‘ng, Yevropa grandlari e’tiborini tortadi. «Barsalona» mutasaddilari birinchilardan bo‘lib aloqaga chiqishadi. Ular Riberiga katta maosh belgilangan 3 yillik shartnoma taklif etishadi. Qahramonimiz ularga : “ «Barsa»da o‘ynash katta sharaf ,lekin, «Bavariya» men uchun hamma narsa berdi va men bu yerda baxtliman -,” deb javob qaytargan ekan. Hozirda Riberi «Bavariya»da deyarli 12- mavsumini o‘tkazmoqda.

David Luiz

David Luiz endigina «Chelsi» jamoasida ko‘rinish berayotgan bir paytda, Kataloniyaliklar Karles Puyolninig o‘rinbosarini qidirib yurishgan edi. Ular Davidga qiziqib qolishadi. «Chelsi» va «Barsa» rahbariyati kelishib olishadi, lekin David «Barsa»ga o‘tishdan bosh tortadi. Keyinchalik «Barsa» yana bir bor taklif bilan chiqadi. Bu safar Luiz pul uchun «PSJ»ga o‘tib ketadi.

Alesandro Del Piyero

Del Piyeroninig o‘yin uslubi, yuqori texnikasi xuddi barsa uchun yaratilgandek tuyulsa, ajab emas, ammo, qahramonimiz «Yuventus»ning eng qiyin kunlarida jamoasini yolg‘iz qoldirmaydi. «B» seriayaga tushib ketganda ham jamoasiga sodiq qoldi. Aynan o‘sha davrlarda «Barselona» «Yuve»dan Zambrottani xarid qilgan edi.«Barsa» muzokaralarga Zambrottani ham aralshtirgan ekan. Del Piyeroni hech kim ko‘ndira olmaydi. U qiyin kunlar o‘tib ketguniga qadar jamoasida qoldi. Keling tan olaylik, Del Piyeroning texnikasi «Barselona»ninig o‘yin uslubini bezab bergan bo‘lar edi.

Denis Berkamp

90 - yillarning o‘rtalarida Gollandiya ichki chempionatida Denis Berkamp chinakam yulduz edi. U uchun bir nechta klublar ayovsiz kurash boshlashadi. Ular orasida Kroyfninig «Barselona»si ham bor edi. Berkamp Kroyfning chaqiruviga ham ko‘nmay ,«Barsa»ninig taklifidan bosh tortadi va «Inter» ga o‘tib ketadi. Oradan 2 yill o‘tgach, «Barselona» yana taklif bilan chiqadi, «uchmas golland» esa bu safar ham noma’lum sabablarga ko‘ra taklifdan bosh tortadi va tez orada «Arsenal» jamoasiga o‘tib ketadi. Keyinchalik buni sababini ularning o‘yin uslubini uncha xushlamasligi bilan izohlagan edi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 17