logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:06
KirishA'zo bo'lish
Messi Ronaldu bilan avvalgi raqobati haqida gapirdi

27 DEKABR, 12:59 234

.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu «Real»da to'p surgan vaqtda ular o'rtasida kuzatilgan raqobatga baho berdi.

«Ronaldu bilan raqobatimiz muxlislar uchun juda ajoyib va qiziqarli bo'lgan edi», - dedi Messi Marca nashri bilan suhbatda.

Intervyuda Leo futbolni sevishi, ammo uning uchun oila birinchi o'rinda turishini ham takidlab o'tgan. U «Oltin to'p» uchun so'rovnomada beshinchi o'rinni olgani haqida shunday deydi: «Nomzodlar haqida eshitgandim va davogarlar orasida emasligimni bilardim».

Eslatib o'tamiz, shu oyda Krishtianu ham Messi bilan raqobati haqida gapirgandi, argentinalik hamkasbini A Seriyada ko'rish istagi borligini bildirgandi.

«Messini sog'indimmi? Yo'q, ehtimol u meni sog'ingandir! Men Angliyada, Ispaniya va Italiyada, Portugaliyada va terma jamoada o'ynab chiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men unga ko'proq kerakdirman», – deya takidlagandi Ronaldu.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 31