logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:42
KirishA'zo bo'lish
Pochettino: "Tottenxem" chempionlik uchun asosiy da’vogarlar qatoriga kirmaydi"

27 DEKABR, 09:43 201

.

Asosiy favoritlar baribir "Liverpul" va "Manchester Siti".

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasini APL chempionligi uchun da’vogarlar qatorida deb hisoblamasligini aytdi.

“Hozir biz ajoyib holatdamiz. Lekin sovrin uchun asosiy da’vogar baribir “Liverpul” va “Manchester Siti” hisoblanadi. Biz ayni damda “Siti”dan bir ochko oldindamiz, ammo ular amaldagi chempion ekanliklarini ham unutmaslik lozim. “Liverpul” esa aqlbovarqilmas darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Biz esa o‘z ustimizda yana ko‘p izlanishimiz kerak.

Mavsumning endigina yarmi ortda qoldi. Shu bois biz ushbu tempni bundan buyon ham tushurmaslikka harakat qilishimiz lozim. Qolganini esa mavsum yakunida muhokama qilamiz”, -deydi argentinalik mutaxassis.


Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” kelgusi uchrashuvni 29 dekabr kuni o‘z maydonida “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 28