logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:07
KirishA'zo bo'lish
Emeri O'zilni tanaffus vaqtida zaxiraga olganiga izoh berdi

27 DEKABR, 09:36 191

.

«Arsenal» bosh mruabbiyi Unai Emeri «Brayton»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (1:1) o'yindan ko'ngli to'lmaganini bildirdi.

«Biroz xafsalam pir bo'ldi. Menimcha, o'yinda birinchi bo'lim barchasini hal qildi. Biz hisobda oldinda borayotib, yana ikkita vaziyatni yaratgandik. Obameyangning zarbasidan keyin darvozabon ularni qutqarib qoldi.

Ko'p vaziyat yaratish uchun raqibga ko'p ham imkon bermadik, shunday bo'lib ham ular hisobni tenglashtira olishdi. Ikkinchi taym uchun rejamizni uddalay olmadik. G'alaba uchun yaqqol xavfli vaziyatlar etarlicha yarata olmadik.

Birinchi bo'limdagi vaziyatlarni golga aylantirganimizda, g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Ikkinchi taymda o'z o'yinimizni ko'rsata olganimiz yo'q.

O'zilning tanaffusda almashtirilishi? Bu taktik qaror edi. Bazida nimanidir o'zgartirish kerak bo'lsa, taktik almashtirishga qo'l uraman», – dedi Emeri.

«To'pchilar» so'nggi uchta o'yinda bittadan g'alaba, durang va mag'lubiyat qayd etishdi. Ayni paytda jamoa 38 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 23