logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:39
KirishA'zo bo'lish
Azar «Chelsi»dagi yubiley golini urdi

27 DEKABR, 08:48 154

.

«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar APLning 19-turida «Uotford»ga qarshi kechgan uchrashuvda hisobni ochuvchi gol muallifi bo'ldi.

Bu – belgiyalik futbolchining «ko'klar» safidagi barcha musobaqalar doirasida urgan 100-goli bo'ldi. Azar bunday ko'rsatkichga erishgan o'ninchi futbolchi sifatida klub tarixidan joy oladigan bo'ldi.

«Chelsi»ning eng yaxshi to'purari Frenk Lempard hisoblanadi. U «aristokratlar» libosida 211ta gol urgan.

27 yoshli Eden APLning bu mavsumida gol+pas tizimi bo'yicha peshqadamlik qilmoqda. U 18ta o'yinda maydonga tushib, 19ta golda bevosita ishtirok etdi: 10+9.

Eslatib o'tamiz, kecha «Uotford» mag'lub etilgach (2:1), «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 40taga etdi. Klub dekabr boshidan buyon beshinchi o'rinda qolmoqda.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 37