logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:48
KirishA'zo bo'lish
Kulibali hakamni olqishlagani uchun qizil kartochka oldi

27 DEKABR, 08:47 275

.

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali Italiya chempionatining 18-turida qizil kartochka bilan jazolandi.

«Inter» maydonidagi bahsning 80-daqiqasida senegallik futbolchi raqib vingeri Matteo Politanoga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Hakam Paolo MaTsTsoleni bu vaziyatda fol ishlatilgani haqida qaror chiqargach, Kulibali uni olqishlashga tushdi. Bu harakati uchun MaTsTsoleni himoyachiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatib yubordi.

Mehmonlarning asosiy himoyachilaridan biri maydonni tark etgani jamoaga qimmatga tushdi. Milanliklar 90+1-daqiqada gol urib, g'alabani ilib ketishdi. O'yin asosiy vaqtiga qo'shib berilgan to'rtinchi daqiqada «Napoli»dan LorenTso Insine ham qizil kartochka bilan siylandi.

.

Takidlash kerak, bu bahsda «San-Siro»ga yig'ilgan muxlislar Kulibalini haqoratlab, unga nisbatan irqchilik kayfiyatida bo'lishdi. «Napoli» bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'yindan keyingi matbuot anjumanida malum qilishicha, klub vakillari Kaliduga nisbatan bo'layotgan yaqqol irqchilik bois o'yinni to'xtatishni so'rab, 3 marotaba bosh hakamga murojaatga qilishgan.

Kulibalining o'zi esa qizil kartochka uchun jamoadoshlaridan uzr so'ragan.

«Mag'lubiyatdan, undan ham ko'proq aka-ukalarimni tashlab chiqib ketganimdan afsusdaman. Ammo men terimning rangidan, fransiyalik, senegallik va neapollik ekanimdan faxrlanaman», – degan Kulibali.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 23