logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ispaniya ustozi: "Jamoa yuqori o'rinlarda bo'lish uchun kurash olib borishiga ishonaman"

 16 OKTYABR, 2023, 10:18

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui de la Fuente o'z jamoasining Germaniyada bo'lib o'tadigan 2024 yilgi Evropa chempionatiga muddatidan oldin yo'l olishi haqida fikr bildirdi.

"Biz Evropa chempionati paytida qay darajada ekanligimizni ko'ramiz. Jamoa yuqori o'rinlarda bo'lish uchun kurash olib borishiga optimistik ishonaman. Talablar va vazifalar doimiy ravishda o'sib bormoqda", - dedi ispaniyalik mutaxassisi UEFA matbuot xizmatiga.

Evropa chempionati saralash bosqichining so'nggi o'yinida Ispaniya terma jamoasi safarda Norvegiya bilan uchrashdi. “Qizil furiya” skandinaviyaliklar ustidan 1:0 hisobida minimal g'alabani nishonladi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga ispanlar muddatidan avval Evro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR