logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Kvaratsxeliya: "Vatan sharafini himoya qilish yoqimli"

 16 OKTYABR, 2023, 10:12

Gruziya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya Evropa chempionati-2024 saralash bosqichi doirasida Kipr ustidan qozonilgan yirik g'alaba (4:0) haqida gapirdi. Ushbu uchrashuvda vinger bitta gol urdi.

"Vatanim uchun o'ynash yoqimli. Ayniqsa, gol urish va uni muxlislar bilan nishonlash quvonchli. Imkon qadar tez-tez muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilaman. Men ularga qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz ularning ishonchini oqlash uchun bor kuch-g'ayratimizni ishga solamiz", - dedi Kvaratsxeliya Gruziya futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga.

Oltita o'yindan so'ng Gruziya etti ochko to'pladi va "A" guruhida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR