logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Islam Maxachev aytgan ibora UFC tarixiga kirdi

 16 OKTYABR, 2023, 09:32

Ikki vazn chempionlari - Islam Maxachev va Aleksandr Volkanovski o'rtasidagi jang qanday natija bilan yakunlanishidan qatiy nazar, rossiyalik aytgan so'zlar UFC tarixiga muhrlanadi.

Bu haqida tashkilotning Las-Vegasdagi shtab-kvartirasi yonida jurnalistlar bilan bo'lgan suhbatda UFC prezidenti Dana Uayt xabar bergan.

"Men imkoniyat tug'ilishi bilan Islam Maxachev haqida gapiryapman. U haqiqiy chempion, qanday jang qilishingdan qatiy nazar, uni bajonidil qabul qiladi. Uning shu jihatiga qoyil qolaman. Qasam ichamanki, hali o'zim buni tekshirib ko'rganim yo'q, lekin jamoamdagi yigitlarga Islam aytgan iborani UFC Apex arena hamda UFC Instituti, bir so'z bilan aytganda UFC tarixiga kiritish topshirig'ini berdim", - dedi Uayt. 

Bir necha kun avval Dana Uayt qisqa muddat bo'lishi va mashg'ulot lagerida CHarlz Oliveyra bilan chempionlik to'qnashuviga tayyorgarlik ko'rganiga qaramay, oxir oqibat Volkanovskiga qarshi jangni qabul qilgani uchun Islam bilan faxrlanishini aytgan edi.  

UFC jurnalistlar bilan uchrashuvda Maxachevning o'sha so'zlarini o'qib eshittirdi: 

"Men gap nima haqida ketayotganini bilishlaring uchun Islam aytgan iborani o'qib beraman. Unga qisqa muddatda Volk bilan jang taklif qilinyapti va u shunday javob beryapti: "Mendagi chempionlik kamarini nimani anglatadi? Bu siz dunyoning eng kuchli jangchisi ekanligingizni bildiradi. Agar chindan ham zo'r bo'lsangiz, ularning sizga kimni qo'yishlarining ahamiyati yo'q va muhim ham emas. Nima deyishim mumkin? Yo'qmi? Hech qachon! Men istalgan chorlovga tayyorman!". 

Eslatib o'tamiz, 21 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 294 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangida Islam Maxachev o'z kamarini aynan Aleksandr Volkanovskidan himoya qiladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR