logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

O'zbekiston-Vetnam o'yinining nazorat uchrashuvi maqomida o'tishi ko'plab savollarni yuzaga keltirmoqda

 16 OKTYABR, 2023, 09:24

O'zbekiston-Vetnam o'yinining nazorat uchrashuvi maqomida o'tishi va natijada, terma jamoamiz FIFA reytingidagi ballardan quruq qolishi - ko'plab savollarni yuzaga keltirmoqda.

Ko'pchilik FIFA reytingidagi o'rnimiz qiziq emas, chunki 2-bosqichga qur'a tashlab bo'lindi deb o'ylamoqda. Aslida, reytingdagi o'rnimiz JCh-2026 saralashining oxirigacha o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Chunki 3-bosqichda ham Yaponiya, ham Janubiya Koreya kabi terma jamoalar bilan bir guruhga tushmaslik uchun - reytingdagi o'rnimizni yaxshilashimiz shart. Aks holda, OFKga 8,5 ta o'rin ajratilishi ham bizga yordam bermasligi mumkin.

Vetnamga qarshi o'yinni nazorat uchrashuvi maqomida o'tkazilishiga kim aybdor?

Xitoy, Vetnam va O'zbekiston terma jamoalari oktyabrda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha ancha oldin kelishuvga erishishgan. Janubiy Koreya esa 2-bosqich qur'asidan keyin, Tailand va Singapur bilan bir guruhdan joy olishidan xabar topgach, o'rtoqlik o'yini taklifi bilan Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa bir terma jamoasi - Vetnamga murojaat etadi.

Oktyabr uchun allaqachon 2 ta o'yinga rozilik bildirgan Vetnam Koreya taklifini ham qabul qiladi. Xitoy va Koreyaning mezbon davlatlar ekanligi va terma jamoa xarajatlarini qisman qoplashlarini inobatga olgan Vetnam, FIFAdan yuqoridagi 2 ta terma jamoaga qarshi o'yinlarni ro'yxatdan o'tkazishni so'raydi. O'zbekistonga esa bu haqida o'yindan 4-5 kun oldin xabar beradi.

Bu vaziyatda terma jamoamiz oldida 2 ta yo'l qolgan edi:

1. Vetnamga jahl qilib, o'yinni bekor qilish va oktyabrda faqat Xitoyga qarshi o'yinda maydonga tushish. Chunki, o'yinga bir necha kun qolganida, o'rtoqlik o'yini uchun boshqa raqib topishning hech qanday iloji yo'q. Odatda, terma jamoalar FIFA kunlaridan kamida 1 oy oldin barcha muzokaralarni tugatishadi.

2. FIFA reytingiga bir marta ko'z yumgan holda, saralash o'yinlari oldidan barcha futbolchilarni nazorat uchrashuvida sinovdan o'tkazish.

Vetnam huquqiy jihatdan hech qanday qoidani buzmagandir, lekin bu ishi bilan nafaqat O'zbekiston oldida, balki bu voqeadan xabar topgan Osiyoning boshqa terma jamoalari oldida ham o'z imidjiga jiddiy putur etkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR