logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:47
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Solbakken: "Biz xohlagandek o'ynay olmadik"

 16 OKTYABR, 2023, 08:06

Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ola Solbakken Evro-2024 saralashi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yin (0:1) natijalarini sarhisob qildi.

"Ispaniyaga o'z uyingizda mag'lub bo'lishingiz mumkin, ayniqsa ular bugungidek o'ynasa. Ular pressingda to'psiz juda yaxshi harakat qilishdi. Biz xohlagandek o'ynay olmadik", - deya Solbakkenning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Ispaniyadan mag'lubiyat tufayli Norvegiya Evro-2024 final bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

Ispaniya Evro-2024 yo'llanmasini muddatidan oldin qo'lga kiritdi, Shotlandiya ham turnirning final bosqichiga chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR