logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:02
KirishA'zo bo'lish
Pike 70 yildan ortiq tarixga ega klubni sotib oldi

12 DEKABR, 21:28 165

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Ispaniyaning «Andorra» klubini sotib oldi. Bu haqda mahalliy matbuotga asoslangan holda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Pike xaridni o'ziga tegishli «Kosmos» kompaniyasi orqali amalga oshirgan. Uning maqsadi klubni rivojlantirish va uni yuqori divizionlarga olib chiqishdir.

«Andorra» hozirda beshinchi divizion vakili sanaladi. Klub 1942 yilda tashkil etilgan, 1980-1998 yillarda uchinchi ligada qatnashgan.

Avvalroq Pike nafaqat klub sotib olish, balki yangi turnirga ham asos solish niyatida ekanini tasdiqlagan edi.

«Biz ikkita loyiha ustida ishlayapmiz. Ulardan biri – klub sotib olish. Ikkinchisi esa yangi musobaqa yaratish yoki hozir mavjud turnirlardan birini isloh etish. Boshqa hech narsa deya olmayman. Bular juda yaxshi loyihalar bo'lishiga ishonchim komil», - degan edi himoyachi.

Malumot uchun, Jerarning «Kosmos»i bunga qadar tennis bo'yicha Devis Kubogini isloh etish tashabbuskori va jarayon homiysi bo'lgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 22