logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Sevilya" En-Neserini sotish taklifini oldi

 30 IYUL, 2023, 04:22

"Sevilya"ning to'purariga "Al-Hilol" qiziqish bildirmoqda.

Saudiya klubi marokashlik hujumchi Yussef En-Nesiri uchun 45 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'zi o'tish holatida 3 mavsumda 45 million ishlab olishi mumkin bo'ladi.

"Al-Hilol" bir necha hafta davomida "Fulxem" hujumchisi Aleksandr Mitrovichni qo'lga kiritishga urinib ko'rdi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. En-Nesiri endi ustuvor maqsadga aylandi.

"Al-Hilol" marokashlikni Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga ko'ndirishi kerak. En-Nesiri ikki marta "Vest Xem"ga o'tishni rad etdi va hujumchi o'zining keyingi jamoasi sport ambitsiyalari bo'yicha "Sevilya" kabi raqobatbardosh bo'lishni afzal ko'radi. Ammo moliyaviy jihatdan foydali taklif hujumchini fikrini o'zgartirishi mumkin.

En-Nesiri o'tgan mavsumda "Sevilya"ning La Ligadagi eng yaxshi to'purari bo'lib, liganing 31 o'yinida 8 ta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR