logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Vitaliy Levchenko: «Yangi futbolchilarga moslashib olishlari uchun vaqt kerak»

 30 IYUL, 2023, 00:33

Superliga 14-turida o'z maydonida «Metallurg»ni mag'lub etgan «Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko g'alaba, yangi futbolchilar, raqobat va muxlislar haqida fikr bildirdi.

“Raqib butun jamoa bo'lib himoyalandi va bu bizga qiyinchilik tug'dirdi. Birichni taymda gol urib olganimizda o'yin boshqacha tus olardi. Ikkinchi taym hujumkorlikni oshirdik va gol urishga erishdik. Bunday ob-havoda futbol o'ynash qiyin. Shunga qaramay, o'yin tempini tushirmadik. Futbolchilarga rahmat”, - dedi murabbiy.

“Hozirgidek issiq havoda futbolchilarga qanchalik qiyinligini bilamiz. Nafaqat legionerlar, balki mahalliy futbolchilar ham qiynalishmoqda. Yangi futbolchilarga moslashishlari uchun vaqt kerak. Qolaversa, ular hali jamoada boshqalar bilan raqobatlashishlari kerak”.

“Toshmirzaev raqobatda yutib chiqsagina asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. U boshqa klub o'yinchisi edi, endi esa bizning jamoamizda. Talab hamma joyda bir xil”.

“Albatta, uy o'yinlarimizda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim. Barcha o'yinlarda shunday bo'lishini istardik. Ularning bugungidek yaxshi kayfiyatda ko'rishni istaymiz. Biz ham o'z navbatida ularni doimiy ravishda g'alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz”.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR