logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! Kavani - "Boka Xuniors" futbolchisi (video)

 29 IYUL, 2023, 23:55

Mashhur hujumchi Edinson Kavani "Boka Xuniors" futbolchisiga aylandi. Argentinaning top-klubi 36 yoshli futbolchi bilan 2024 yilning dekabr oyi oxirigacha shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Oldinroq, tajribali hujumchi o'tgan mavsumni o'tkazgan "Valensiya" Kavani bilan shartnomani bekor qilganini ma'lum qilgandi.

Iyul oyi boshida Edinson Kavani "Boka Xuniors"da o'ynashni orzu qilganini aytdi. Tez orada matbuotda muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Qo'shimcha qilamizki, Evropada "Valensiya"ga qadar Kavani "Manchester Yunayted", "PSJ", "Napoli" va "Palermo"da o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR