logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Metallurg" ustozi: "Neftchi"ga mag'lub bo'lish uyat emas"

 29 IYUL, 2023, 23:44

Superliganing 14-turidan o'rin olgan “Neftchi” – “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bunday jamoalarga mag'lub bo'lish uyat hisoblanmaydi. Bugun durangga erishmoqchi edik. O'tkazib yuborilgan to'pdan so'ng uchrashuvning borishini o'zgartira olmadik. Ob'ektiv nigoh bilan qarasak, hisob o'yinga mos bo'ldi. Bizda faqatgina birinchi bo'limda Abdumannonovda qulay imkoniyat bo'ldi, ammo foydalana olmadik.

O'rinboev mening ko'rsatmalarimga ko'ra biroz ortga qaytib o'ynadi. Rejamizga ko'ra, Abdumannonov hamda Ne'matjonov hujumning yuqori chizig'ida harakat qilishlari kerak edi.

Rahbariyat nimani reja qilayotganidan xabarim yo'q, ammo o'ylashimcha, biz uchun transfer oynasi o'z nihoyasiga etdi. Mavjud tarkib bilan ligada jon saqlash uchun kurash olib boramiz”, – dedi Steshevich.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR