logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:08
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilar jismonan tayyor emas"

 29 IYUL, 2023, 23:11

Superliganing 14-turidan o'rin olgan OKMK – “Surxon” (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Surxon” jamoasi juda ham zich himoyalanib, qarshi hujumlarga e'tibor berishini shogirdlarimga ta'kidlagan edim. Bugun uchchala gol ham qarshi hujumdan kiritildi. Odatdagidek, yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng kirishib ketish qiyin bo'ldi. Aksariyat futbolchilarimiz jismonan tayyor emas. Boisi, ularda shamollash, jarohatlar kuzatildi. Bugungi bahs tarixga aylandi. Xatolar ustida ishlab, keyingi turga tayyorgarlik ko'ramiz.

Oldimizda qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. Ishlamagan odam xato qilmaydi. Katta shaharlar ham bir kunda qurilmagan.

Kombinatsion hujumdan so'ng gol kiritdik va shundan so'ng xotirjamlikka berildik. Bu esa qimmatga tushdi. Futbolni aldab bo'lmaydi. Zamonaviy futbolda bir joyda turib g'alaba qozonib bo'lmaydi.

To'xtaxo'jaev va Mirzaev hali jismonan tayyor emas. Ularga biroz vaqt kerak. Oldinda ketma-ket uchrashuvlar kutib turibdi va o'ylaymanki, shu o'yinlar orqali o'z darajamizga chiqamiz”, – dedi Qosimov.

 

 

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR