logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:30
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! Nesterov – “Navbahor” futbolchisi!

 29 IYUL, 2023, 22:55

Tajribali darvozabon Ignatiy Nesterov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

Nesterov 1983 yil, 20 iyunda Toshkent shahrida tug'ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida “Dinamo” (Samarqand, 2000 – 2001 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2002 - 2009 yilning 1-davrasi), “Bunyodkor” (Toshkent, 2009 yilning 2-davrasi – 2013 yil),”Lokomotiv” (Toshkent, 2014 – 2018 yillar, 2019 yilning 2-davrasi – 2020 yilning 1-davrasi), “Uhud” (Madina, 2019 yil), “Qizilqum” (Navoiy, 2020 yilning 2-davrasi – 2022 yil) jamoalari darvozalarini qo'riqlagan.

Shuningdek, futbolchilik faoliyati davomida 13 marotaba O'zbekiston chempionligi, yana shuncha marta O'zbekiston kubogi, 1 marta MDH Chempionlari kubogini qo'lga kiritgan.

Bundan tashqari, tajribali posbon O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2002 – 2019 yillarda 105 ta o'yinda maydonga tushgan.

Shuningdek, milliy terma jamoamiz tarkibida 5 marta Osiyo kubogi (2004, 2007, 2011, 2015 va 2019 yillar)da qatnashgan va bu borada qit'amizda rekord o'rnatgan.

Ta'kidlash joizki, Ignatiy Nesterov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi unvoniga ega.

"Biz tajribali darvozabonga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz" - deyiladi namanganliklar rasmiy bayonotida.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR