logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:01
KirishA'zo bo'lish
Italiya futboli yuksalishi

26 DEKABR, 19:45 168

.

Italiya A Seriyasi so'nggi o'n yillikda Evropa futbolidagi nufuzini yo'qotib qo'ygandi.

Italiyaga yuksalishiga salbiy tasir qilgan moliyaviy inqiroz futbolni ham chetlab o'tmadi. Futbol olamida APL va Primera oldinga chiqib oldi. Lekin so'nggi voqealar, natijalar shuni ko'rsatyaptiki, Italiya klublari yana cho'qqiga qarab harakatlanmoqdalar.

Ha, so'nggi 10 yil Italiya futboli uchun og'ir kechdi. Faqatgina "Yuventus" B Seriyadan qaytgach, uzoqni ko'zlab amalga oshirilgan transfer siyosati tufayli o'z darajasini ushlab tura oldi. Qolgan jamoalar esa borgan sari pasga qarab ketaverdilar. Joze Mourino boshchiligidagi “Inter” CHempionlar Ligasida g'alaba qozongan oxirgi jamoa edi.

.

Vaziyat asta-sekin yaxshi tomonga o'zgara boshladi. “Yuventus” bu borada birinchilardan bo'ldi. Vaqt o'tgani sari boshqa jamoalar ham unga qo'shilib bordi. Turinliklar ECHLda ikki marotaba g'alabaga bir qadam etolmadilar. Lekin bu yil vaziyat umuman boshqacha ko'rinishda tus oldi. So'nggi mavsumlarda Ispaniya Primerasining hattoki, etakchi klublari ham futbolchilariga Albion tomonidan bildirilgan yaxshigina takliflarni rad eta olmadilar. APLning hattoki, o'rtamiyona jamoalari va autsayderlarining ham daromadi boshqa chempionat grandlariniki bilan bir xil darajaga chiqib qoldi. Bu vaqt mobaynida esa Italiyada mutaxassislar faoliyat yuritayotgan edi.

Ammo mana “Yuventus” yozda “Real”dan Krishtianu Ronalduni xarid qildi. Bu transfer summa borasida emas, mavqe borasida ancha muhim edi. Sababi uzoq vaqtdan buyon A Seriya klublari orasida dunyo miqyosidagi yulduz futbolchilar sotib olinmagandi. Ha, u fahriy o'yinchi bo'lishiga qaramay, jismoniy holatini saqlab qola olgan kuchli o'yinchilardan biridir.

Bunga parallel ravishda “Inter” tarkibiga Luka Modrichni olib kelish niyatida yurishibdi. Ha, u ham yosh emas. Ammo u bu yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritganini eslatish joizdir. Va nihoyat so'nggi va eng yorqin misol — bu Kalidu Kulibali. “Napoli” o'zining eng yaxshi himoyachilaridan birini 103 million evro evaziga “Manchester Yunayted”ga sotishdan bosh tortdi. Bu nafaqat “Yuventus”, balki A Seriyaning boshqa klublari ham kuchli bo'lishga intilayotganidan dalolat beradi. O'zining etakchi futbolchilarini qo'yib yubormaslik — yuksalish uchun qo'yilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20