logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:45
KirishA'zo bo'lish
Moziy yulduzlarininig transfer narxi xozir necha pulni tashkil etgan bo‘lar edi?

26 DEKABR, 19:09 421

.

Yaqinda Yevropa nashrlaridan biri Krishtiyanu Ranalduninig «Manchester Yunayted»dan «Real Madridga» transfer summasini bugungi kunda necha pulni tashkil etishini ayrim formulalar orqali hisoblab bergan edi. Ekonomikadanxabari bor inson infiliyasiya nima ekanligini juda yaxshi biladi. Tasavvuringiz uchun hayotiy bir misol. Biz o‘zimiz yashaydigan ko‘p qavatli uyning bitta kvartirasini bundan 20 yil avval 3000 AQSH dollariga harid qilgandik. Hozirda shu uyninig bozordagi qiymati deyarli 10 barabor ko‘tarilgan. Sababi pulninig infiliyasiyasi. Soddaroq tushuntrsak, bugun biz oltin,neft,ko‘chmas mulk va shunga o‘xshash narsalarning dollarga nisbatini olamiz va o‘sha yildagi shu narsalarninig dollarga nisbatiga bo‘lib yuboramiz. Chiqqan javobni esa futbolchining transfer summasiga ko‘paytiramiz. Shunda moziy yulduzlarining hozirgi kunda necha pul bo‘lishganini taxminan bilib olamiz. Ha aytgancha, bu uslubni «Le gazeta dela sport» nashri yaratgan formulaga solgan holda o‘zimiz uyushtiramiz, lekin hammasi haqqoniy va matematik uslubda aniqlanadi. So‘nggi so‘z o‘rnida shuni aytamiz, Ronalduninig 96 million yevroga «Real» tomonidan harid qilinishihozirgi kunda naqd ikki yuz million yevroga aylanar edi.

Andrey Shevchenko 2006-yil

«Milan»dan – «Chelsi»ga. 43.4 million dollar

.

Hozirgi kunda yuqorida keltirib o‘tgan formulamizga binoan Shevaninig narhi 124.3 million dollarni tashkil etar edi. O‘sha paytlari hech qaysi jamoa bitta o‘yinchi uchun buncha summa taklif eta olmasdi. Shevaninig narxi xozirda Lukakuninig narxi bilan teng bo‘lar edi. Oltin to‘p sovrini g‘olibi va Yevropaninig eng yaxshi o‘yinchisi uchun normal narx

Figu 2000-yil

«Barselona»dan- «Real Madrid»ga. 60 million dollar

.

O‘ziga yarasha janjallarga sabab bo‘lgan bu transfer bizning hisob - kitoblarga ko‘ra bugungi kunda naqd 160 millionga aylangan bo‘lar edi.Bunday yarim himoyachilar hozirda ham shunday baholanadi. Masalan, Koutiniyoning transfermarketdagi narxi aynan shuncha Yoxan

Kroyf 1973-yil

«Ayaks»dan – «Barselona» ga 2 million dollar

.

Ko‘zingizga kamgina bo‘lib ko‘ringan summa bizninig hisob - kitoblarga ko‘ra naqd 401.2 million dollarni tashkil etadi. Yetmushinchi yillardagi narx –navoni yaxshi biladiganlar eslashsa, bu summa kosmik narx deb belgilangandi. Kroyf «Ayaks» bilan bir necha bor mamlakat chempioni va 3 bor UEFA kubogida g‘olib bo‘lgan, ikki marotaba «Oltin to‘p» sovrini egasi edi. Hozir taxminan Messining transfer summasi shunchaga baholanadi. Kroyf ham o‘z davrinnig Messisi edi desak, adashmagan bo‘lamiz

Maradonna 1984-yil

«Barselona»dan – «Napoli»ga 13 million dollar

.

Bu transfer Niapolliklar uchun oltin davrlarni olib kelgan edi. Napoli o‘sha paytlari hamma turnirlarda g‘olib bo‘lgan, xatto yevrokuboklarda ham zafar quchishgandi. 1984-yildagi 13million dollar hozirgi kunda naqd 445 million dollarga teng kelar eken. Keling, insof bilan aytaylik, Argentinani yelkasida ko‘targancha mundial g‘olibligigacha olib chiqqan «Napoli»dek o‘rtamiyona klubni top jamoaga aylantira olgan futbolchi bundan kamiga baholanishi mumkinmi?! Hozirda birorta futbolchi 445 millionga baholanmaydi. Sababi oddiy Maradonna futboldan ketgan va boshqa qaytmaydi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 14