logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
Azamat Abduraimov: «Osiyo Kubogida terma jamoamizdan chiroyli o'yin kutib qolamiz»

 26 DEKABR, 17:56 127

.

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibi, ayni paytda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini boshqarayotgan Azamat Abduraimov Osiyo Kubogi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

«O'zbekiston milliy terma jamoasidan yanvar oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida chiroyli o'yin kutib qolamiz. Umid qilib qolamizki, milliy terma jamoamiz qitaning eng nufuzli musobaqasida chiroyli, kombinaTsion, hujumkor o'yin namoyish qilib, barchamizni xursand qiladi.

Terma jamoamizni ayni paytda juda tajribali, futbol olamida katta obro'ga ega murabbiy boshqarmoqda. Futbolchilarimiz ushbu murabbiy qo'lostida yana bir pog'ona yuqoriga ko'tarila olishlariga ishonchim komil. Terma jamoamiz asta-sekin shakllanib boryapti. Oldinda katta musobaqalar kutib turibdi. Osiyo Kubogida yaxshi natija qayd etib, keyin esa eng muhimi - Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashishiga tilakdoshman», - deb Abduraimov so'zlarini keltirmoqda O'FA sayti.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR