logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:46
KirishA'zo bo'lish
Levandovski archa tagiga qo'yiladigan yangi yil sovg'alari haqida esladi

26 DEKABR, 17:25 135

.

Robert Levandovski "Bavariya" klubi rasmiy saytiga yangi yil bayrami, xususan Rojdestvo haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Rojdestvo juda yaqin. Bayramni qanday nishonlashni rejalashtiryapsiz?

- Oilamiz bilan 2-3 kunga Polshada to'planamiz. Oilam, onam, rafiqamni uydagilari va opamning qarindoshlari bilan birgalikda yig'ilamiz. Taxminan 15ga yaqin bo'lamiz. Har yili qaerda yig'ilishni va yangi yil bayramida nima qilishni o'zaro muhokama qilamiz. Rafiqam esa bayramga taraddud ko'rish ishlari bilan faol shug'ullanadi. Bu vaqt, bayram men uchun juda muhim. Sababi, men Polshada juda kam vaqt bo'laman. SHu boisdan ham bu vaqtdan, oilam bilan o'tkazayotgan damdan juda unumli foydalanishga harakat qilaman. Oila davrasida bo'lish o'zgacha zavq beradi.

- Bolalikdagi rojdestvodan qanday xotiralar qolgan?

-Ajoyib damlar. O'shanda barchamiz birgalikda yig'ilardik, chiroyli kayfiyat, bayram shukuhi ufurib turardi. Onam doim Polshaning 12 xil milliy taomlarini tayyorlardi. SHo'rva, go'sht, baliq, desert... O'shanda yosh edim va juda kam ovqat tanovul qilardim. Eng ko'p yiydigan va yoqtirgan taomlarim - pishloq, vetchina bo'lardi. Hozir esa barchasi boshqacha. Kechasi soat 11da yoki tunga yaqin cherkovga boramiz va keyin uxlaymiz.

- Sovg'a ulashish jarayoni qanday bo'lgan?

- Bizda shunday odat bor: kechki ovqatga o'tirgan paytimiz, sovg'alar archa tagida qo'yilgan bo'ladi. Qoida shunday, avval taom, keyin sovg'alarni ko'rishga navbat tegadi. Bu payt bolalarning sabri sinaladi (kuladi). SHu boisdan ham barcha kechki ovqat tugashini intiqlik bilan kutadi. Barcha ota-onamizdan ruxsat tegadigan paytni kutardi. Ruxsat berilganidan so'ng katta qiziqish bilan sovg'alarni ochib ko'rardik.

- Hozir oila boshlig'isiz, farzandingiz bor. Endilikda rojdestvo bayrami siz uchun nimalari bilan farq qiladi?

- Qancha yoshing o'tib borgani sari oila davrasida bo'lish naqadar muhimligini tushunib etarkansan. Bayram kuni birgalikda to'planish, vaqtni samarali o'tkazish va yaqinlar bilan bo'ladigan suhbat zavq beradi. Bu vaqtdan unumli foydalanish va rohatlanish kerak. Hozirgi zamonda vaqt tezlik bilan uchib bormoqda. Har qanday zamonda ham yangi yil bayrami o'zgacha ahamiyatga ega va oila davrasida bo'lish ikki hissa yoqimli.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 36