logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:26
KirishA'zo bo'lish
Arshavin: "Hayotimda ikki marta futbolka so'raganman - Ronaldu va Torresdan"

26 DEKABR, 17:23 189

.

"Arsenal" sobiq forvardi Andrey Arshavin 2009 yil "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvni (4:4) esladi.

Arshavin o'sha bahsda poker qayd etgan edi.

"O'yinga odatdagidek tayyorlanganmiz, Torresdan qo'rqmaganmiz. Bahs kechasi edi, shu sababli kun bo'yi dam olib yotganman.

Keyin uchrashuvga yo'l oldik. To'pni juda yaxshi his qila boshladim.

Bolaligimdagi murabbiylarimdan biri 9-raqamli futbolkalar yig'ardi. O'sha uchrashuvda Torresdan futbolka so'rash fikri kelib qoldi. 9-raqam, qizil futbolka. Fernando menga yo'q demasligi uchun to'rtta gol urishga to'g'ri keldi.

Odatda hech kimdan futbolka so'ramayman, bu ishni ikki marta qilganman - Krishtianu Ronaldu va Torresdan futbolka so'raganman" - deydi Arshavin.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19