logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:08
KirishA'zo bo'lish
Emeri sobiq shogirdini «Arsenal»ga olib kelmoqchi

26 DEKABR, 17:22 229

.

«Arsenal» qishki transferlar vaqtida maydon markazini mustahkamlamoqchi. TalkSPORT nashri malumotiga ko'ra, londonliklar klubi bosh murabbiyi Unai Emeri sobiq jamoasi «Sevilya»dan Ever Banegani transfer qilishni istamoqda. Ispaniyalik murabbiy ushbu argentinalik futbolchi bilan «Valensiya» va «Sevilya»da birga ishlagandi.

O'tgan yozda ham «kanonirlar» ushbu yarimhimoyachiga jiddiy qiziqish bildirgandi, ammo uning transferi amalga oshmagandi.

Banega 2014 yildan buyon «Sevilya» safida to'p surib kelmoqda. U o'rtada yarim mavsum «Inter»da ijarada bo'lgan. Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida 16 o'yinda maydonga tushdi va 3 gol urib, 2 golga hammualliflik qildi.

«Arsenal» 18 turdan keyin Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21