logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:20
KirishA'zo bo'lish
"Inter" himoyachisi "Napoli"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi

26 DEKABR, 15:47 88

.

"Napoli"ga qarshi bo'ladigan A Seriyaning 18-tur uchrashuvida "Inter" himoyachi Joao Mirandaga ishonch bildira olmaydi.

Braziliyalik futbolchi eski jarohatidan qutilgani yo'q va neapolliklarga qarshi o'ynamaydi. Bu haqda nerazurrilar ustozi Luchano Spalletti matbuot anjumanida malum qildi.

Oldinroq, "Napoli" bilan o'yinda "Inter" yarim himoyachisi Raja Naynggolan o'ynay olmasligi elon qilingan edi. Spallettining so'zlariga ko'ra, belgiyalikni maydonga tushirmaslik qarori klub prezidentidan chiqqan.

"Inter" - "Napoli" uchrashuvi bugun "Juzeppe Meacca" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs 00:30da start oladi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 8