logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Tottenxem" "Atletiko"ning shartlariga rozi bo'lmayapti

 29 IYUL, 2023, 18:22

Yarim himoyachi Per-Emil Xyoyberg yozgi transfer oynasida "Atletiko"ga o'tishi mumkin.

Daniyalik allaqachon Madrid klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Biroq, jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda aytib o'tganidek, "matraschilar" hali "Tottenxem" bilan kelisha olmadi.

Qayd etilishicha, “Atletiko” 27 yoshli Xyoyberg uchun 25 million evrodan ko'p to'lamoqchi emas.

"Tottenxem"da uch mavsum davomida Per-Emil Xyoyberg 145 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda yarim himoyachi 10 ta gol urdi va sheriklariga 16 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt Xyoybergni 45 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR