logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:24
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Devid Bekxem qanday qilib MLS klubi egasiga aylandi?

 29 IYUL, 2023, 18:11

Devid Bekxem hozirda Lionel Messi harakat qilayotgan "Inter Mayvmi" klubining bir necha yillik egasi sanaladi. U Messini olib kelish uchun anchagina ter to'kdi. Argentinalik esa "PSJ"ni erkin agent sifatida tark etgan edi. Bekxem Messini olib kelinishi haqida shunday degandi: "Bu voqea AQSh sport tarixidagi eng katta transferdir. Hamma biladiki, Amerikada dunyoning eng yirik sport bozori mavjud. Bekorga Messini keltirmadik. Uni "Inter Mayami"ga, MLS'ga olib kelish oson bo'lgani yo'q. Messi bu erga jahon chempioni sifatida keldi va biz uchun bu katta natija. Men bir kun kelib hozirga natijaga erishaman deb o'ylamagan edim. Messi uchun milliardlar taklif qilgan raqiblarni engib chiqdik. Bunga, shunchaki, aqlbovar qilmaydi".


Lionel Messining AQShga kelishi tasodif emas, balki o'ta uzoqni o'ylangan reja edi. Ya'ni, uning kelishiga bundan ancha oldin, 16 yil ilgari harakat boshlangan. 2007 yilda Bekxem "Real"dan "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga yo'l oladi. O'shanda amerikaliklar futbolchining shartnomasiga bir band kiritadi. Bu band Bekxemga, faoliyatini tugatganidan keyin AQShning istalgan klubini ("Nyu-York Siti"dan tashqari) 20 million funtga sotib olish imkoniyatini berardi. Angliya terma jamoasi afsonasi 2013 yilda futbol bilan xayrlashadi...


Devid Bekxem futboldan ketganidan bir yil o'tar-o'tmas, o'sha shartnomadagi bandni faollashtiradi. 2018 yilda esa uning "Inter Mayami" klubi tasdiqdan o'tadi. 2019 yilning sentyabridan boshlab, Bekxem yangi tuzilgan klubiga Messini olib kelish harakatini boshlab yuboradi. Bu haqida uning o'zi shunday deydi: "Biz samolyotga chiqib, Londondan Barselonaga yashirincha parvoza qildik. Hech kimga bildirmasdan mehmonxonadan joy brom qildik va Xorxe Messi (Messining otasi va agenti) bilan o'sha erda uchrashib, muzokara boshladik. Hammasi silliq kechdi. Messining otasiga men: "Biz ӯg'lingizni jamoamizda ko'rishni istardik. Bilamiz, u hozir keta olmaydi. Lekin bir kun kelib, Messini Mayamida o'ynashidan barchamiz xursand bo'lardik".


"Inter Mayami"ning aktsiyadori va o'sha paytdagi sport direktori Xorxe Mas Lionel Messini bu taklifga ko'ndirishda muhim ro'l o'ynagan. Shuningdek, Bekxemning o'zi ham bir paytlar MLS'ga yo'l olgan va bu Messini AQShga kelishga ilhomlantirgan. Bu borada Bekxemning o'zi shunday degandi: "Leoning qaror qabul qilishida mening bir paytlar bu erga ko'chganim ham ro'l o'ynagan. Men 32 yoshimda "Real"dan ketib, Amerikaga kelganman. Ko'plar meni 13-14 ta klubi bor va futbolga moslashmagan davlatga ketayapti deb, tanqid qilgandi. Menimcha, bu narsalarni Messi o'shanda ko'rgan va o'zi uchun xulosalar chiqarib qo'ygan".
7 iyun kuni Messining "Inter Mayami"ga o'tishi ma'lum bo'lgandi. O'shanda Bekxem Yaponiyada dam olayotgan bo'lgan va bu xabarni ko'rib o'zi ham hayron qolgan. Umuman olganda, Messi kutishga arziydigan futbolchi. U buni debyut o'yinlaridayoq isbot etdi. Messi Amerika futboliga ham ko'p narsa taklif eta olishi ma'lum bo'ldi. Uning okeanortidagi faoliyati faqatgina MLS saviyasining o'sishiga xizmat qiladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR