logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:28
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Renar g'alati holat bilan tarixga kirdi

 29 IYUL, 2023, 18:11

Frantsiya ayollar terma jamoasi JCh-2023 ikkinchi turida Braziliya termasini mag'lub etdi - 2:1.

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Erve Renar erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan birinchi murabbiyga aylandi.

Bungacha u Saudiya Arabistoni erkaklar terma jamoasini boshqargan. 54 yoshli mutaxassis boshchiligida jamoa 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga chiqqanidan xabaringiz bor.

Turnirda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo'lajak jahon chempioni Argentinani mag'lub etdi (2:1), Polsha (0:2) va Meksikaga (1:2) mag'lub bo'ldi va “S” guruhida to'rtinchi o'rinni egalladi.

Frantsiya ayollar terma jamoasi futbol bo'yicha 2023 yilgi jahon chempionatining “F” guruhida 4 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. Jamoa uchinchi turda Panama terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR