logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:49
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" ikkinchi Kamavinga bilan shartnoma imzolamoqchi

 29 IYUL, 2023, 17:44

"Renn"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Lesli Ugochukvu Londonning "Chelsi" klubining qiziqish markaziga tushdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "aristokratlar" allaqachon yosh frantsuzning transferi bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Qayd etilishicha, agar “Chelsi” “Renn” bilan kelishuvga erishsa, Ugochukvu "Stratsburg"ga ijaraga berilishi mumkin.

Lesli Frantsiyada ikkinchi Eduardo Kamavinga deb atalmoqda. Ugochukvu 2021-yilda “Renn”da debyut qilgan va shundan beri o'zini Frantsiya chempionatidagi eng istiqbolli yosh yarim himoyachilardan biri sifatida ko'rsatgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR