logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gvardiola: "Xoland "Manchester Siti"ga juda yaxshi moslashdi"

 29 IYUL, 2023, 17:33

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistning hujumchi Erling Xoland o'z o'yin tizimiga moslasha oladimi, degan savoliga hayron bo'ldi.

"Men Xoland "Manchester Siti"ga juda yaxshi moslashdi, deb aytgan bo'lardim", - deydi Gvardiola. "U 60 dan ortiq gol urdi, fantastika", - deya qo'shimcha qildi ispaniyalik murabbiy biroz pauzadan keyin.

2022/2023-yilgi mavsumda “Manchester Siti” uchun 53 ta rasmiy o'yinda Erling Xoland 52 ta gol urdi va sheriklari uchun 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" o'tgan mavsumda APL, Angliya kubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqqandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR