logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xaverts: "Arsenal"da o'zimni uydagidek his qilyapman"

 29 IYUL, 2023, 14:55

"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts London jamoasiga moslashishi haqida gapirdi. Germaniyalik futbolchi Mikel Arteta jamoasiga yozda "Chelsi"dan 75 million evro evaziga o'tgan edi.

"Men allaqachon "Arsenal"da o'zimni uydagidek his qilyapman. Jamoadoshlar va murabbiylar shtabi moslashishimni imkon qadar osonlashtirdi. Men ularning yonida bo'lishdan zavqlanaman. Ular ham yosh va g'alabalarga chanqoq. Bu menga kerak bo'lgan narsa edi. Men bu erda bo'lganimdan juda xursandman", — dedi Xaverts The Telegraph nashriga.

Qay o'tgan mavsumda "Chelsi" bilan Premer-ligada 7 ta gol urdi. "Ko'klar" tarkibida germaniyalik futbolchi debyut mavsumidayoq finalda g'alaba golini urib, Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR