logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu operatorga nisbatan qo'pol muomalada bo'ldi

 29 IYUL, 2023, 14:44

Krishtianu Ronaldu hali o'zining sport formasida emas. Portugaliyalik hujumchi Arab chempionlari kubogi doirasida "Ash-Shabab" jamoasiga qarshi o'yinda (0:0) gol ura olmadi va golsiz seriyasini ketma-ket beshinchi o'yinga etkazdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda final hushtagi yangragandan keyin tribunadan olingan video paydo bo'ldi. Unda g'azablangan Ronaldu birinchi navbatda qo'llarini yon tomonga yoyib, ba'zi e'tirozlarini bildirdi. Shundan so'ng Krishtianu suv ichdi va idishini undan bir necha metr narida bo'lgan portugaliyalik futbolchini suratga olayotgan operatorga uloqtirdi. Shishani uloqtirgan Krishtianu operatorga undan uzoqlashishni qo'pollik bilan imo qildi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan buyon "An-Nasr"da o'ynab kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR