logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:50
KirishA'zo bo'lish
«Real Madrid»ga o‘tishni istamagan yulduzlar

26 DEKABR, 10:50 444

.

Barchamizga ma’lumki, «Qirollik» klubi safida o‘ynash hamma zamonlarda futbolchilarga boshqacha zavq va faxr tuyg‘ularini ulashgan.Deyarli 100 yildan buyon «Real» o‘z moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanib, har qanday futbolchini pul bilan qiziqtirib qo‘yishga qurbi yetadigan jamoa. Lekin shunday futbolchilar borki,ularga «Real»ninig «tishi o‘tmagan». Bugun shu futbolchilar haqida qisqacha.

Buffon

To‘gri Buffon baribir «Yuve»ni tark etdi. Lekin qahramonimizga «Real Madrid» klubi «Yuventus» B seriyaga tushib ketganda taklif bilan chiqqan edi. «Juve» rahbariyati transferga rozi bo‘ladi. Jiji esa sevimli jamoasini qiyin ahvolda tashlab ketishni xohlamaydi. U o‘z maoshini kamaytirishlarini so‘rab rahbariyatga murojaat qiladi va «Real» ga shunchaki jilmayib: «Yo‘q»-, javobini aytadi. «Keksa Senyora»ning muxlislari Buffonni mana shu mardligi uchun ham yaxshi ko‘rishadi

Stiven Jerard

Florentina Perez Zidanning oldida yana bir yulduzni harid qilish maqsadida 2004-yilda «Liverpul» sardori Jerrardga taklif bilan chiqadi. Stiv Ji taklifni o‘ylab o‘trmay, rad etadi. Oradan 5 yil o‘tgach,«Real Madrid» mutasaddilari «Liverpul» bilan parallel yangi shartnoma taklif etishadi. «Qaymoq ranglilar» Jerardga aqlbovar qilmas maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif etishadi. Eng ajablanarlisi, «Liverpul»ninig yangi shartnomasida Stivninig maoshi ancha kamroq ko‘rsatilgan edi. Futbolchi uzoq o‘ylab ham o‘tirmay, «Real» ga rad javobini beradi. Bundan g‘azablangan Perez bu ammalga oshmagan transferni OAV dan berkitishuchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Afsuski, Stiven jamoasiga APL bosh sovrinini yutib bera olmadi, ammo, bir jamoada o‘ynab muxlislar yuraklarini zabt etdi.

Ivan Rakitich

Xorvatiyalik pleymeyker «Barsa»ga o‘tishidan avval 2 bor «Real Madrid» ga rad javobinibergan ekan. Birinchisida 18 yoshli Ivan«Katta» jamoaga o‘tishdan cho‘chigan. Ikkinchi taklif esa «Sevilliya» jamoasida o‘ynab yurgan paytlarida bo‘lgan. Perez janoblari muzokaralarga Modrichni ham aralashtiradi. Bir necha yillik do‘sti Modrichninig tavsiyasiga ham quloq solmagan Rakitich bu safar ham rad javobini beradi. So‘ng biroz vaqt o‘tib, «Barsaga»ga o‘tib ketadi. Keyinchalik bu ishini u shunday : “Men juda ko‘plab grand jamoalarda o‘ynab keta olmagan yosh iqtidorlarni ko‘rdim, ularda mashhurlikka intilish kuchli edi,men esa aksincha, mehnat har qanday mashhurlikka o‘zi yetaklashini bilar edim. «Barselona»ga keladigan bo‘lsak, bu klub meni yuragimda edi va men buni amalga oshirdim” deya izohlagan edi. Darhaqiqat,bu tanlov unga sovirnlar va mashhurlik olib keldi.

Franchesko Totti

Rim imperatoriga «Real Madrid»uch bor taklif bilan chiqqan ekan. Birinchisi 2000-yilda, ikkinchisi esa 2004- yilda, uchinchi bor esa 2007- yilda. Lekin «Bo‘rilar to‘dasining sardori» oxirigacha o‘z klubiga sodiq qolgan ekan. To‘gri, Totti iqtidoriga yarasha sovrinlarni yutmagandir, lekin, ammo, biroq, «Roma» klubininig ramziga aylana oldi. Uni muxlislar qanchalar hurmat qilishlarini xayrlashuv uchrashuvida ko‘rsatib qo‘yishdi. Eng qizig‘I shundaki, «Real» uchta taklifda ham Tottiga moliyaviy jihatdan ancha qulay shartnomalar taklif etgan. Totti: «Muxlislar ishonchi har qanday pul va sovrinlardan qadrliroq» degancha, mardlarchao‘z jamoasida qoldi va bunga hech ham afsuslanmasligini matbuotda bir necha bor e’lon qildi.

Yahyo.Ulug'xo'jayev
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 25