logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:47
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
«Milan» yangi yilni yangi murabbiy bilan boshlashi mumkin

 26 DEKABR, 10:46 204

.

«Milan» rahbariyati bosh murabbiy Jennaro Gattuzoga ultimatum qo'ydi.

Corriere dello Sport xabarida aytilishicha, agar «rossoneri» keyingi ikkita uchrashuvda o'zini ko'rsatmasa, mutaxassis istefoga yo'l oladi.

Milanliklar 2018 yil hisobidan ikkita: bugun «Frozinone»ga qarshi safarda, 30 dekabr kuni SPAL bilan o'z maydonida bahslashadi.

Ayni paytda, Tuttosport tarqatgan malumotga ko'ra, klub rahbariyati Gattuzoning o'rniga Arsen Venger va Joze Mourinodan birini olib kelishni mo'ljal qilmoqda. Bunda franTsiyalik mutaxassisning tayinlovi ko'proq haqiqatga yaqinligi gumon qilinyapti, boisi hozir «Milan» ijrochi direktorligiga o'tgan Ivan Gazidis «Arsenal»da xuddi shu lavozimdagi faoliyati orqali Vengerni yaxshi taniydi.

Eslatib o'tamiz, «Milan» 17-turdan keyin A Seriya jadvalining 5-o'rnida bormoqda. Jamoani to'rtinchi pog'onadagi «LaTsio» bilan 1, peshqadam «Yuventus» bilan 21 ochko ajratib turibdi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR