logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:14
KirishA'zo bo'lish
Benites: «Liverpul»ni APL favoriti deyishga hali erta»

26 DEKABR, 10:45 132

.

«Nyukasl Yunayted» bosh murabbiyi Rafael Benites bugun jamoasini Angliya chempionatining 19-turida sobiq klubi «Liverpul»ga qarshi boshlab tushadi. U uchrashuv oldidan kuchli raqibni engish uchun rejasi borligini aytdi.

«Liverpul»ni APL favoriti deyishga hali erta, lekin hozir bu jamoa va «Manchester Siti» ikkisi barchadan oldinda ketmoqda.

Biz o'yinga diqqat qaratishimiz kerak. «Liverpul»ni qanday mag'lub etish kerakligi bo'yicha rejamiz bor. Ular xatoga yo'l qo'yishsa, biz bundan foydalanib qolamiz. Top-klublarga qarshi o'ynar ekansan, ularning omadi chopmasa, senga imkon tug'iladi», – degan Benitesdan iqtibos keltirmoqda The Telegraph.

Ispaniyalik mutaxassis, shuningdek, hozirgi «Liverpul»ni u o'zi boshqargan va 2005 yilda EChLda g'olib chiqqan davrdagisi bilan taqqosladi.

«Qaysi jamoa yaxshiroq ekanini aytish qiyin. O'shanda biz «Real» va «Barselona»ni mag'lub etgandik. Ammo hozir klub tarkib jihatdan kuchliroq, chunki yaxshi futbolchilar uchun pul sarflay olishadi. Fabino va Keytani xarid qilish barobarida Henderson va Veynaldumni ham saqlab qolishdi. Tarkib kuchaydi. Men «Liverpul»ni boshqargan vaqtlarda kimnidir sotib olish uchun futbolchilarni transferga qo'yardik», – deb eslaydi Rafael Benites.

«Liverpul» – «Nyukasl» o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 13