logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:29
KirishA'zo bo'lish
«MYu», ananalariga muvofiq, yana hujumkor futbol ko'rsata boshlaydi

26 DEKABR, 10:44 197

.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 19-turidagi «Haddersfild»ga qarshi bahs oldidan jamoa o'yin uslubi borasida gapirib o'tdi.

«O'yinchilar menga hech qanday cheklovlar haqida gapirishmadi. Jamoaviy yig'ilish o'tkazganimizda aytishdiki, gol urgan vaqtlarida ikkinchisini urishni, shundan so'ng uchinchi to'pni ham kiritishni istashmoqda.

Hujumkor futbol «Manchester Yunayted»ning tabiatida mujassam. Albatta, biz har bir o'yinda hujumkor uslubda o'ynay olmaymiz. Bazida golli vaziyatlar yaratish qiyin kechadi. Shu bilan birga, Reshford, Marsiyal, Lingard va Pogba kabilarga qarshi o'ynash hech qaysi jamoaga yoqmasa kerak, deb o'ylayman.

Hujumkor o'yin falsafasi – «Manchester Yunayted»ning ananalari va tarixi demakdir. Biz aynan shunday o'yin ko'rsatmoqchimiz. «Kardiff Siti» bilan o'yin maydonda bizga nima kerakligini ko'rsatib berdi», – degan Sulsherning so'zlarini keltirmoqda Goal.


Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» norveg mutaxassisi qo'l ostidagi ilk o'yinda «Kardiff»ni 5:1 hisobida mag'lub etgan, bu bilan Aleks Fergyuson jamoani tark etganidan buyon ilk marotaba APL o'yinida beshta gol urgan edi.

«Haddersfild»ga qarshi «Old Trafford»dagi o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 38