logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:35
KirishA'zo bo'lish
Superligada amalga oshishi mumkin bo‘lgan Top-5 transferlar

26 DEKABR, 08:56 370

.

Xabaringiz bor, 17-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda transfer oynasi rasman ochilgan. Transfer oynasi ochilgandan buyon jamoalar bir qator xaridlarni amalga oshirishdi. Saytimiz xodimi Jaloliddin Qobiljonov qishki transfer oynasida Superligada amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

5. AkromKomilov

Jamoasi:“Bunyodkor”

O‘tishi mumkin: AGMK, “Paxtakor” yoki xorij klubi.

Toshkentning “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komilov katta ehtimol bilan jamoasini o‘zgartiradi. Futbolchining o‘tgan mavsumdagi o‘yinlari ko‘plab jamoalarning qiziqishiga sababchi bo‘ldi. Akromga ayni damda Toshkentning “Paxtakor” klubi va O‘zbekiston kubogi sohibi AGMK jamoasi qiziqmoqda. Agar tomonlar shartnoma borasida futbolchi bilan kelisha olsa futbolchi faoliyatini “sherlar” safida boshlashi mumkin.

Shuningdek, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra futbolchi xizmatlariga nomlari sir saqlangan xorij klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

4. Javohir Siddiqov

Jamoasi: “Qo‘qon-1912”

O‘tishi mumkin: “Lokomotiv”

“Vodiy Messi”si Javohir Siddiqov “Toshkent Messisi“ga aylanishi mumkin. Futbolchini mamlakat chempioni “Lokomotiv” o‘z safida ko‘rmoqchi. “Temiryo‘lchilar” transfer ochilishining ilk kunlaridanoq faol bo‘lishga harakat qilishmoqda. “Lokomotiv” hozirga qadar 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashga erishdi. Bular “Bunyodkor”dan ketgan Filipp Rayevas va Aziz Xaydarov hamda AGMK futbolchisi Yovan Jokichlardir.

Osiyo kubogida porlashi kutilayotgan Siddiqov faoliyatini Qatar yoki Eron balki Yevropa chempionatlarida ham davom ettirishi mumkin. Buning uchun futbolchidan yaqinlashib kelayotgan Osiyo kubogida o‘zini ko‘rsatishi talab qilinadi.

3. Igor Sergeev

Jamoasi: erkin agent

O‘tishi mumkin: “Navbahor”, “Andijon”

“Paxtakor” bilan shartnomasi yakunlanib erkin agentga aylangan Igor Sergeev faoliyatini vodiy jamoalaridan birida davom ettirish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda futbolchini “Navbahor” va “Andijon” klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘tgan mavsum yarmida qaytib “Paxtakor”ga qaytib kelgan Igor Sergev mavsumni deyarli zaxirada o‘tkazdi. U o‘tgan mavsum 11 ta o‘yinda ishtrok etib, 4 ta gol urishga erishdi.

2. Odil Hamrobekov

Jamoasi:“Nasaf”

O‘tishi mumkin: “Navbahor”, “Paxtakor”

O‘zbekiston terma jamoasi va Qashining “Nasaf” klubi frim himoyachisi Odil Hamrobekovga ayni damda “Navbahor” klubi jiddiy qizib qolgan. “Lochinlar” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis jamoasida Hamrobekovni ko‘rmoqchi. Biroq futbolchini qo‘lga kiritish “Navbahor” uchun oson bo‘lmaydi.

Shuningdek, “Paxtakor” ham “Nasaf” yetakchisi uchun namanganliklar bilan kurashadi.

1. Aziz Turg‘unboyev

Jamoasi: “Navbahor”

O‘tishi mumkin: “Paxtakor”

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Turg‘unboyevning xizmatlariga “Paxtakor” jiddiy qiziqib qolgan. “Sherlar” allaqachon futbolchi bilan og‘zaki muzokaralarni boshlab yuborgan. Ammo futbolchi hali yakuniy qarorga kelganicha yo‘q. Kelasi mavsumda ham o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan “Navbahor” rahbariyati esa Turg‘unboyevni jamoada olib qolish uchun qo‘lidan barcha ishni amalga oshirishga tayyor. Turg‘unboyevning o‘zi esa yaxshilab o‘ylab bir qarorga kelmoqchi. Voqealar rivojini saytimizda kuzatishda davom eting.
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 15